«farg‘ona viloyati» tegli maqolalar


Farg‘ona viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan 4 ta mayning ferma aniqlandi
27 fevral 2024, 11:41

Farg‘ona viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan 4 ta mayning ferma aniqlandi

DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi
22 yanvar 2024, 18:19

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi

Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 dekabr 2023, 10:18

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyatida jinoiy guruhning 22 a’zosi ushlandi. Ular orasida MMA jangchisi ham bor
4 dekabr 2023, 10:14

Farg‘ona viloyatida jinoiy guruhning 22 a’zosi ushlandi. Ular orasida MMA jangchisi ham bor

O‘zbekiston bo‘ylab “ko‘cha to‘dalari” va jinoiy guruhlarni aniqlash hamda qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Farg‘ona viloyatida 22 nafar jinoiy guruh a’zosi, shuningdek, MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov (“Borz” laqabi bilan mashhur) qo‘lga olindi.

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
28 noyabr 2023, 20:18

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Farg‘onada 13 yoshli yigit qo‘shnisining mashinasiga zarar yetkazgani uchun kaltaklandi
7 sentabr 2023, 11:53

Farg‘onada 13 yoshli yigit qo‘shnisining mashinasiga zarar yetkazgani uchun kaltaklandi

Furqat tumanida 13 yoshli yigit mashina shinalariga ziyon yetkazgani uchun qo‘shnisi tomonidan kaltaklanib, bosh, peshana, bo‘yin kabi sohalaridan jarohat oldi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari
24 avgust 2023, 10:53

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari

Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi
21 avgust 2023, 15:13

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi

O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi
12 avgust 2023, 08:15

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi
8 avgust 2023, 16:08

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘z uyidan osilgan holda topildi. Uning yaqinlari so‘nggi vaqtlarda qizda ruhiy buzilish bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
3 avgust 2023, 23:57

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Xabib Sirojitdinov yaqinda prezident tomonidan ishdan bo‘shatilgan Avaz O‘rinboyev o‘rniga Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi
31 iyul 2023, 15:21

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi

Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi
29 iyul 2023, 17:34

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi

Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati IIB. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblanmoqda.

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 iyul 2023, 15:54

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in bo‘yicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Achilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga vafot etganlarning oilasi va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda baxtsiz hodisani tekshirib, hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi
27 iyul 2023, 15:32

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti 27−28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, sanoatdagi ishlar hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mushukni tiriklayin yoqib yuborgan quvasoyliklar 3 sutkadan 7 sutkagacha qamaldi
21 iyun 2023, 14:23

Mushukni tiriklayin yoqib yuborgan quvasoyliklar 3 sutkadan 7 sutkagacha qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahri sudi mushukni tiriklayin yoqib yuborgan 3 erkakni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda va ulardan birini zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatganlikda aybdor deb topdi. Ular 3, 5 va 7 sutkaga qamaldi.

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi
7 iyun 2023, 19:21 1

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi

Farg‘ona viloyatida imzo to‘playotgan “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov qo‘lga olindi. IIB uning tarafdorlari bilan talablarga bo‘ysunmay, mojaro uyushtirgani, ikki xodimga tan jarohati yetkazganini iddao qildi. Allaqulov tarafdorlari provokatsiya bo‘lganini aytishmoqda.

Farg‘onada bir qiz va ikki yigit psixotrop modda bilan ushlangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
5 may 2023, 22:31

Farg‘onada bir qiz va ikki yigit psixotrop modda bilan ushlangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Tarmoqlarda 15−18 yoshlardagi qiz va ikki o‘g‘il yigitning psixotrop modda bilan ushlab turgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, ularda psixotrop modda yoki sovuq qurol aniqlanmagan. Ammo ulardan ikkisi va videoni tarqatgan shaxs jarimaga tortilgan.

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
2 may 2023, 23:56

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Toshloq tumanida qiziga ota-onasi bilan maktabga kelishini talab qilgani uchun sinfxonada pedagogni haqoratlab, kaltaklagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol qilmishi uchun uzr so‘ramagan va endilikda 6 mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Farg‘onada fuqaro xonadonida tug‘ilgan tulki bolalari hayvonot bog‘iga topshirildi
12 aprel 2023, 16:33

Farg‘onada fuqaro xonadonida tug‘ilgan tulki bolalari hayvonot bog‘iga topshirildi

Toshloq tumanida fuqaro xonadonida tug‘ilgan ikkita tulki bolasi qutqarildi. Parvarishga muhtoj ikki oylik jonivorlar Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘iga topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting